Toyloq tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sharipov Shuxrat Shavkatovichning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida oktabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

Toyloq tumani davlat soliq inspeksiyasiga oktabr uchun budjet daromadlariga 7814.8 mln.so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 9050  mln.so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 115.8 foizga  (1235.2 mln.so‘m ortig‘i bilan) bajarildi. 

Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha 67 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganildi. Shundan 67 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 22 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 10 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 7 ta, 13.4 million so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 9 ta tadbirkorlik subyektiga ko‘maklashildi. E-ijara dasturi bo’yicha 8 ta korxonaga tushuncha berildi. 

Masalan,"ERGASHEV MEXROJ 777" OKga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritishga va soliq hisobotlarini yuborishda ko’maklashildi. 

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi. 2022-yilning avgust oyida tumanda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 1705 nafarni tashkil etdi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messenjerida Toyloq soliq maslahatchilari guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda. 

Shuningdek, +998994456194 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди