Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

 Agentlikning ilm.argos.uz(http://ilm.argos.uz/) platformasi hamda YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ/videos%5C)'dagi rasmiy sahifasi orqali onlay bo‘lib o‘tgan o‘quv-soatida Toyloq tuman hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi. 

   O‘quv soati davomida “Muloqot madaniyati va notiqlik san’ati” hamda “Davlat xizmatchilarining sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish hamda salomatligini asrash bo‘yicha zaruriy tavsiyalar” mavzularida so‘z yuritildi. Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди