TOJIKISTONDA XOTIRA TURNIRI BO'LIB O'TDI

   Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi Xujand shahrida 2002-2004 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida Tojikistonda xizmat ko'rsatgan trener, Xalqaro toifadagi hakam Abduqahhor Qodirovning xotira turniri bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli musoboqada Tojikiston Respublikasining barcha viloyatlaridan hamda  O'zbekiston terma jamoasi vakillari bilan birgalikda 150 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.      
  Musoboqada Toyloq yakka kurash va suv sport turlariga tayyorlash Olimpiya markazi sambo kurashi bo'limi bitiruvchilari;
Boltayev Sunnat 64 kg vaznda 1-o'rinni 
Ashurov Oyatullo 58 kg vaznda 1-o'rinni o'rinlarni qo'lga kiritdi hamda 
Axmedov Manguberdi 79 kg vaznda 2-o'rinni egalladi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди