Tuman hokimi jalolobodliklar bilan uchrashdi 

    Aholining uyushmagan qatlami o‘rtasida o‘tkazilayotgan bunday sayyor uchrashuvlar samimiy va oshkora ruhda o‘tmoqda. 
   Bugungi sayyor uchrashuvda mahalla yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tuman hokimi B. Bobonazarovga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi. 
    Xususan, mahalla yoshlaridan tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olish, ish bilan ta’minlash, bolalar nafafasi tayinlash kabi masalalar borasida murojaatlar kelib tushdi. 
    Qolaversa, tadbirda ishtirok etgan mahalla ahli ham o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab, murojaat qilishdi. 
    Joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganish taqozo etiladigan masalalarni hal etish yuzasidan vakolatli idoralarga topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди