Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining qirq oltinchi sessiyasi

KUN TАRTIBI:

 1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-sonli Farmonining tumandagi yil yakuni ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari J.Haqberdiyevning hisoboti to‘g‘risida.

2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 576-sonli qarori ijrosi yuzasidan,   hududlarda aholi, korxona, tashkilot va ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish borasida qilingan ishlar to‘g‘risida.

 3.O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tumandagi ayrim mahalla, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash to‘g‘risida.      

  4.Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi U.Suvanovning tumandagi aholi  salomatligini muhofaza qilish borasidagi faoliyati boʻyicha hisoboti to‘g‘risida.

 5. Tuman Аdliya bo‘limi boshlig‘i А.G‘afforovning  hududda huquqiy targʻibot va maʼrifatning ahvoli toʻgʻrisidagi axboroti.

6.Toyloq tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 32-umumiy oʻrta ta’lim maktabining bo‘sh (vakant) bo‘lgan direktorlik lavozimiga xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risida.

 7.Toyloq tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga 2022-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida.

8.Tuman mahalliy budjetining xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish toʻgʻrisida.

9.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko’makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo‘yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 250-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda “Temir daftar”ga kiritilgan, hozirda doimiy daromad manbai bilan ta’minlangan fuqarolarni kambag‘al oilalar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida.

10.Yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman “Yoshlar daftari” jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish va sarflanishini nazorat etish toʻgʻrisida.

11.Boshqa masalalar.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди