“Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqichi g‘olibi aniqlandi

    Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan kitobxonlik tanlovlari nafaqat eng zukko va bilimdon kitobxonlarni aniqlovchi tanlov balki, barcha yurtdoshlarimiz uchun ma’naviyat sarchashmasi, insonlarning ong va tafakkurini boyituvchi, ruhiyatiga ozuqa beruvchi, yuksak saviyada o‘tkazilgan katta bayram tantanasi bo‘lmoqda. 
    O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toyloq tuman Kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Zukko kitobxon" Respublika tanlovining tuman bosqichi ham yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish maqsadiga qaratildi. 
     Tanlovda 58-umumta’lim maktabi jamoasi faol ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди