Davlat tili rivoji uchun barchamiz masʼulmiz

  

     Joriy yilning 10 dekabr kuni Samarqand - Urgut  yo‘nalishidagi tashqi reklamalar, jumladan, peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga mosligi tuman komissiyasi a’zolari  bilan o‘rganildi.
     Tumandagi tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan 30 ga yaqin tashqi reklama obyektlarining qonun talablariga moslik holati o‘rganilib, qonunga zid ravishda o‘rnatilgan va davlat tili me’yorlarida yozilmagan tashqi reklama obyektlari olib tashlandi. 
    Shuningdek,  “Davlat tili to‘g‘risida”gi va "Reklama to‘g‘risida"gi Qonun talablariga  rioya etishni istamagan 4 nafar tadbirkorlarga  ogohlantirish xatlari berilib, tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
    Bunday tadbirlar doimiy o‘tkazilib borilmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди