Ahillikda hikmat ko‘p

    Ushbu naql zamirida olam-olam ma’no bor. Uni hayotimizning har jabhasida qo‘llashimiz mumkin. Ayniqsa,  keksa avlod vakillarining faoliyatini faollashtirishda, nuroniylarni har jihatdan qo‘llab - quvvatlashda qo‘l keladi.
    Yurtimizda o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar ana shu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. 

    Haftalik doirasida bugun Xo‘jaqishloq mahallasida maslahat tadbir o‘tkazildi. Mahalla faollari, ko‘chaboshilar, hoji onayu,nuroniy otaxonlar ishtirok etgan tadbirda keksalarning jamiyatdagi, yoshlar tarbiyasidagi, oilalar totuvligidagi o‘rni, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish bugungi kunning muhim masalalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.  Mahalla raisi B. Meliqulov haftalik dorasida o‘tkaziladigan tadbirlarda keksa avlod vakillarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularga hurmat-e’tibor va mehr-oqibat ko‘rsatish, salomatliklarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди