Uchrashuvda yoshlarning muammolari tinglandi

   Tuman hokimi B. Bobonazarovning navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi Zarafshon mahallasida bo‘lib o‘tdi. 
   Uchrashuv avvalida tuman hokimi so‘nggi vaqtlarda yoshlar uchun yaratilayotgan juda ko‘p imkoniyatlardan yigit-qizlar unumli foydalanib, o‘z kelajaklarini yo‘lga qo‘yayotganlari xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarni Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.
   Mahallaning uyushmagan yoshlari ishtirok etgan uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari, turli muammolar va takliflarini bildirishdi.

   Xususan,  A. Mallayev serqatnov transport yo‘llarida ogohlantirish belgilari o‘rnatish,  M. Luqmonova Havuzak qishlog‘ida maktabgacha ta’lim tashkilotining yo‘qligi hamda jismoniy shaxs sifatida kredit olish tartibi,  G.Jumayeva qishloqda tibbiyot muassasasiga ehtiyoj borligi,  patronaj hamshiralar yaxshi ishlamasligi kabi masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди