Aholi bilan yuzma-yuz muloqot

    Tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Xalq qabulxonasi tuman bo‘limida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, 4-sektor rahbari Sh. Sharipov hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
   Qabul davomida fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, bolalar nafaqasi, uy-joy, yo‘lni ta’mirlash, bandlik kabi masalalar yuzasidan jami 11 ta murojaat kelib tushdi.

    Jumladan, Navzandak mahallasida yashovchi D. Sanayevaga tibbiy yordam, naymanlik M. Ahmedovaga uy-joy ta’miri uchun qurilish mollari,  shu mahallada yashovchi M. Ro‘zimurodovaga ichimlik suvi masalasida amaliy yordam beriladigan bo‘ldi. 
     Shuningdek, uy-joy, bola puli olish, kredit kabi masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga huquqiy tushuntirish berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди