Ad-Doramiy ziyoratgohi rekonstruksiya qilinadi

   Toyloq tumani Ispandi qishlog‘ida joylashgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiyning maqbara-majmuasi turizm salohiyati yuqori bo‘lgan madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan . 
    Imom al-Buxoriyning ustozi bo‘lgan Abdulloh ibn Abdurahmon Doramiy qo‘nim topgan maqbara-majmua hududini obodonlashtirish va turizm maskaniga aylantirish va sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hoikmi E. Turdimov mazkur ziyoratgohda bo‘ldi. 

    Viloyat hokimi Toshkent Bosh reja LITI Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ziyoratgoh loyihasi bilan tanishdi va o‘z takliflarini berdi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди