Sentyabr - yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish oyligi

   Adliya vairligi tomonidan e'lon qilingan oylik doirasida bugun tuman hokimligining majlislar zalida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. 
  Unda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Azizov, “Yunikon-Soft” MCHJ rahbari R. Ozodboyev, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X. Bobonov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i A. Gʻaforov hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tashkil etilayotgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. 

 Seminarda trenerlar markazlarni oshkora va shaffof tanlov o‘tkazish orqali malakali kadrlar bilan to‘ldirish, markaz xodimlari va ular tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar o‘rtasida hujjat almashinishi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi mavzular yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди