Aholi bilan yuzma-yuz muloqot

   

  Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. Chunonchi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ana shu ezgu maqsad-muddaoga qaratilgan. 
   Bugun 2-sektor hududidagi Charog‘bon mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan sayyor qabul ham aholi manfaatlari uchun xizmat qildi.  

    Qabulda fuqarolardan asosan  nafaqa tayinlash, moddiy yordam, bandlik, elektr energiyasi, bolalar nafaqasi, tibbiy yordam kabi masalalar yuzasidan jami 22 ta murojaat kelib tushdi. 
   Ushbu murojaatning 7 tasi ijobiy hal etildi, vaqt talab etiladigan 7 ta murojaat ijroga qaratilgan bo‘lsa, 8 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди