Hokim va profilaktika inspektorlari uchrashuvi

    Profilaktika inspektori biror bir hududga mas’ul etib tayinlangach, u shu yerning ko‘z-qulog‘iga aylanadi. O‘zi xizmat olib borayotgan maskandagi har bir xonadondagi muhitni, u yerda yashayotgan odamlarning oyoq olishidan tortib, ularni qiynayotgan muammolargacha xabardor bo‘lishi talab etiladi. Shundagina u mahallada sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, huquqbuzarliklarning oldini olib, osoyishtalikni ta’minlashga erishadi.
   Bugun tuman IIB xodimlari, xususan profilaktika inspektorlarining Toyloq tuman hokimi B. Bobnazarov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shu haqda so‘z yuritildi. 
 Shuningdek, uchrashuv davomida pofilaktika inspektorlari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning xizmat davrida duch kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди