"Uch avlod uchrashuvi"- tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan tadbir

  Toyloq tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan tadbir ustoz va murabbiylar bayrami nishonlanayotgan shukuhli muhitda avlodlarni birlashtirdi.
   Shopo‘lot mahallasida joylashgan tuman madaniyat markazining muhtasham konsert zalida bo‘lib o‘tgan "Uch avlod uchrashuvi"da tuman maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari,  MTT mudiralari va tarbiyachilari hamda tizimda uzoq yillar mehnat qilgan faxriylar ishtirok etishdi. 


    Tadbirning taqdirlash marosimida ishtirok etgan tuman hokimining o‘rinbosari J. Haqberdiyev ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.
      Tabrik so‘zlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari davom ettirishdi. Shundan so‘ng birinchi va ikkinchi avlod vakillari bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди