SUDYALAR SAYYOR QABUL O‘TKAZDI 

   

     Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi Toyloq tuman bo‘limida  fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Samarqand viloyat jinoyat va fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarning sudyalari hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudi,  jinoyat ishlari bo‘yicha Toyloq tuman sudi, Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudi sudyalari tomonidan qabul tashkil etildi.

    Qabul davomida asosan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi xotin-qizlarning sud-huquq masalalari yuzasidan 20 ga yaqin murojaatlari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.
    O‘rganish talab qiladigan murojaatlar viloyat sudyalari tomonidan alohida nazoratga olinib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди