Toyloqlik Ozodbek — Jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo'ldi

   Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o'tkazilgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga yetdi. Saralash bellashuvlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Toyloq olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchisi Ozodbek Halimboev finalga qadar yetib keldi.

 


 45 kg vazn toifasidagi kurashchimiz 1/8 finalda isroillik Amare Feteneni 7-0, 1/4 finalda armanistonlik Levon Martirosyanni 6-0, 1/2 finalda esa gruziyalik Anri Xozrevanidzeni 11-0 hisobida dog'da qoldirdi.
   Jahon chempionatining oltin medali uchun kechgan bellashuvda esa ukrainalik Nikita Dementevga kichik hisobda yutqazib, kumush medalga sazovor bo'ldi.

Tuman hokimligi axborot xizmati.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди