Mahallada tibbiy koʼrik tashkil etildi

  Bugun “Obod qishloq” davlat dasturi asosida obodonlashtirilayotgan Navzandak hamda Yastepa mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik tashkil etildi. Tibbiy koʼrikda ayniqsa, “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi. 

    Tuman hokimligi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda OʼzLiDеP hamkorligida oʼtkazilgan tibbiy koʼrikda mahalladagi 70 nafarga yaqin fuqarolar UZI, EKG, lor, okulist, terapevt, ginekolog, kardiolog, nevrapatolog va boshqa tekshiruvlardan oʼtkazildi. 


    Shuningdek, mobil guruh shifokorlari nogironligi bor va tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarning xonadoniga borib, tibbiy tekshiruvlar oʼtkazildi.
    Aniqlangan kasalliklarni davolash uchun shifoxonalarga yo’llanmalar va kerakli tavsiyalar berildi.

Nigina RAHMATOVA,
tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди