Farzand tarbiyasi – ota-onaning muqaddas burchi
02.11.2023 - 09:25
Тойлоқ туман ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Bugun Toyloq tumani Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Tohirov, Toyloq tuman hokimi B.Bobonazarov hamda Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q. Ismoilovlar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.
Qabul davomida fuqarolardan bank sohasiga oid 8 ta murojaat kelib tushdi va 2 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi.
Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, bugun Toyloq tumanidagi 3-sektor hududiga qarashli 13 ta mahallalarga “Darg‘om” o‘rmon xo‘jaligi tomonidan jami 2600 ta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatildi.
Atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida boshlangan mazkur loyihada mahallalar ham faol ishtirok etishmoqda.