Aholi muammolari tinglandi
24.01.2023 - 17:16 Bugun 2-sektor hududidagi “Muborak” mahallasida Toyloq tuman prokurori vazifasini bajaruvchi J.Rashidov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi. Aholi muammolarini tinglab, ularga qonuniy yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda mahallaning hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.