Muammolarga yechim izlandi
25.01.2023 - 16:56 Bugun tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Q.Ismoilov, tuman hokimining o‘rinbosari N. Kambariddinova, MIB tuman bo‘limi mas’ul xodimi, tuman tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan uy-joy, moddiy yordam, ish bilan ta’minlash, gaz balon, aliment undirish, uy-joyni hujjatlashtirish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.