Янгиликлар

Fuqarolarning murojaatlari tinglandi

   Bugun Toyloq tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli Vorsin mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B. Bobonazarov,  2-sektor rahbari A. Saypiddinov tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.     
     Sayyor qabul davomida fuqarolarning moddiy va tibbiy yordam,  ish bilan ta’minlash, uy-joy, elektr energiyasi va gaz ta’minotidagi qarzdorlik, yer kabi masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.  

MAQSAD YOGʻINGARCHILIK MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH

   Keyingi paytlarda yurtimizning tog‘ va tog‘ oldi hududlarda yog‘ingarchilik mavsumida  sel kelishi natijasida turli talofatlar,  suv toshqinlari sodir bo‘lmoqda.  Mana shunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida Toyloq tumanida "Toshqinga qarshi tuman komissiyasi"  tashkil etilgan. Bugun mazkur komissiya a’zolari hamda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tashabbusli byudjet jarayoni 2023 yil 1-mavsumiga  START berildi!

   “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) portali orqali oʻz mahallangizni obod qilish yoki mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflaringizni ilgari suring va ovoz toʻplab gʻolib boʻling!

   Taklif kiritish - 06 fevral - 26 fevral;
   Loyihalarni saralash - 26 fevral - 18 mart;
   Ovoz berish - 18 mart - 7 aprel.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди