«Hut kirdi – dehqonning paytavasiga qurt kirdi»
24.02.2023 - 10:25Qishning adog‘i, ko‘klamning boshi bilan yurtimizga hut kiradi. O‘sha paytda havo ilib, yer uyg‘onadi, tuproq isiydi. Dalalar-u bog‘-rog‘larda ekin ekishga qizg‘in taraddud ko‘riladi. «Hut kirdi – dehqonning paytavasiga qurt kirdi» degan maqol ham shu sababdan aytilgan.