Янгиликлар

Hokim bog‘izog‘onlik yoshlar bilan uchrashdi

   Navbatdagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvida  ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi B. Bobonazarov mahallaning uyushmagan yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Tuman hokimi dastlab, bugun yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalarida shartnoma asosida o‘qishlari uchun berilgan imtiyoz va yengilliklar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Subsidiya: Aholi bandligini ta’minlashda yangicha yondashuv

   Yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar. Bugungi kunda aholining ushbu qatlami bilan ishlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Bu borada “yo‘l xarita”lari ham ishlab chiqilib, hududlarda ijrosi ta’minlanmoqda.
   Jumladan, Toyloq tumanida mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди