“Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi
20.05.2023 - 10:24 “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali rahbarining buyrug‘iga asosan Daminov Yusuf Nuraliyevich “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Yusuf Daminov 1986 yil Toyloq tumanida tug‘ilgan. 2010 yil Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini (kunduzgi) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011 yil “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi muhandisi vazifasidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi vazifasida faoliyat yuritgan.