Янгиликлар

Murojаat joyida o‘rganildi

   Bugun Gʻo‘lba mahallasida bo‘lib o‘tgan viloyat hokimligining sayyor qabulida mazkur mahallaning Soy qishlog‘ida yashovchi Orzigul Rahimova oilaviy muammo bo‘yicha murojaat qilgan edi. Sayyor qabuldan so‘ng tuman hokimi B. Bobonazarov hamda tuman sektorlari rahbarlari mazkur murojaatni joyida o‘rganishdi. 

“Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

 “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali rahbarining buyrug‘iga asosan Daminov Yusuf Nuraliyevich “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
  Yusuf Daminov 1986 yil Toyloq tumanida tug‘ilgan. 2010 yil Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini (kunduzgi) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2011 yil “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi muhandisi vazifasidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bosh muhandisi vazifasida faoliyat yuritgan.

Konferensiyaga delegatlar saylandi

   Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi  Samarqand viloyati Toyloq tuman Kengashining navbatdagi 12 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
    Tadbirda partiya faoallari, deputatlar, BPTlarning umumiy yig‘ilishlarida saylangan delegatlar ishtirok etishdi.
    Toyloq tuman Kengashi tarkibida 69 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. Ular o‘z safiga 7560 nafar partiya a’zolarni birlashtirgan.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди