Янгиликлар

41 NAFAR TOYLOQLIKLAR MUQADDAS HAJ ZIYORATINI ADO ETISH UCHUN JO‘NAB KETISHDI

    Bo‘lajak hojilar Toyloq tuman hokimligi binosidan tantanali kuzatildi.
 Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tumandagi bosh mutaxassisi Nodir Mamariyimov, tuman bosh imom xatibi Begmurod Ismoilovlar muborak safar oldidan ziyoratchilarimiz ibodatlari Yaratgan dargohida qabul bo‘lishi va yurtimiz tinchlik-osoyishtaligini, xalqimiz farovonligini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

“Yangi Toyloq” boshqaruv servis kompaniyasi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga qanday xizmat ko‘rsatyapti?

  Bugun Toyloq tuman hokimligida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Toyloq tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi Temur  Abduxoliqzoda OAV vakillariga ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berdi.
   Ma’lumotlarga ko‘ra, Toyloq tumanida 33 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 966 ta xonadonlar mavjud bo‘lib, unda 3614 nafar aholi istiqomat qiladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди