Янгиликлар

Ravon yo'llar

  Ayni damda Toyloq tumani hududidagi birinchi navbatda amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora- tadbirlarining manzilli dasturi asosida Xo‘jayuz MFY dan Zarafshon MFY ga olib boruvchi 1.8 km tosh yo‘llar asfalt qoplamasi bilan qoplanmoqda. 
   Bu kabi ishlar tumanning Ukrach hamda Saribozor mahallalarida ham davom etmoqda.

 

SHOHJAHON OSIYO CHEMPIONATI SOVRINDORI

   Ayni kunlarda Iordaniya poytaxti Ummon shahrida Yunon-rum kurashi bo'yicha U-15 hamda U-20 yoshdagi sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Quvonarlisi ushbu nufuzli musoboqada Terma jamoamiz safida Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'quvchilari ham bor. 
   Kechagi va bugungi bahslarda 48 kg vazn toifasida  Toyloq olimpiya markazining 7-sinf o'quvchisi Eshmirzayev Shoxjahon ishtirok etib, bronza medalini qo'lga kiritdi.

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

 

  Bugun Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasining xodimlari Farrux Shakarov va Alisher Roziqovlar tomonidan Toyloq tumani hokimligida xotin-qizlar, yoshlar hamda mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди