Fermer xo‘jaliklar tomonidan “Fermer xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2021- yil uchun hisobot” 1-FX shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2022- yilning 25- fevral sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat statistika hisobotini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan e-Stat 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi.
e-Stat 4.0 tizimida mavjud Davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.
Viloyat statistika boshqarmasi
Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi.