Fermer xo‘jaliklar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

   Fermer xo‘jaliklar tomonidan Fermer xojaligi faoliyati to‘g‘risida 2021- yil uchun hisobot 1-FX shakli (yillik) Davlat statistika hisobotini 2022- yilning 25- fevral sanasidan kechiktirmasdan internet tarmog‘idan foydalangan holda Davlat statistika hisobotini elektron ko‘rinishda yig‘ish avtomatlashtirilgan e-Stat 4.0 (hisobot.stat.uz) axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda taqdim etishingiz so‘raladi. 

    e-Stat 4.0  tizimida mavjud Davlat statistika hisobotlarining elektron shakli (shabloni)ni Davlat statistika qo‘mitasining  www.stat.uz hamda viloyat statistika boshqarmasining www.samstat.uz rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin.

 

Viloyat statistika boshqarmasi

Qishloq xojaligi va ekologiya statistikasi bolimi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди