SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUDINING 688 YILLIGI NISHONLANDI
08.04.2024 - 09:22 Toyloq tumanidagi 29-son bolalar musiqa va san'at maktabining teatr bo'limi o'qituvchisi va o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda, buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning hayoti o’quvchilar tomonidan sahna ko'rinishida jonlantirildi.
Tadbirda so‘z olganlar Amir Temur davlatchiligi, uning turonzaminda tinchlik o‘rnatib, mamlakatning har jihatdan rivoji uchun qo‘shgan hissasi, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi va davlatning qudratli bo‘lishi yo‘lida qilgan sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berishdi.