Tuman hokimi ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganmoqda
19.09.2023 - 14:29 Kunlar sovushi bilan barcha ijtimoiy soha ob’yektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari boshlab yuboriladi.
Bu jarayon Toyloq tumanida ham doimiy nazorat ostiga olib borilmoqda.
Xususan, tuman hokimi, 1-sektor rahbari Bahodir Bobonazarov va tuman prokurori, 2-sektor rahbari Asomiddin Saypiddinovlar xududdagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.