Toyloqda faoliyatsiz tadbirokrlarga ko‘mak berilmoqda

   Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur sharoitlar yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zero, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi, yangi ish o‘rinlari tashkil etib, aholi bandligini ta’minlaydi.
   Shu boisdan ham  Toyloq tumanida sektorlar rahbarlari hamda mutasaddilar ishtirokida faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ular bilan yuzma-yuz muloqotlar olib borilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri tumanning 1-sektor hududida bo‘lib o‘tdi. 
    Unda tuman hokimi B.Bobonazarov hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari J.Xo‘jamurodovlar ishtirok etib, tadbirkorlarning  muammolarini  o‘rgandi. Masalalarga yechim izlanib, ularning faoliyatini qayta tiklash choralari ko‘rildi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди