Unda Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Z. Nuriddinov, idora va tashkilot rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda fuqarolardan moddiy va tibbiy yordam, dehqonchilik qilish uchun yer olish, elektr energiyasi, ichimliq suvidagi muammolar shuningdek, boshqa oilaviy masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, ayrimlariga mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi va mas’ullar biriktirilib, o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.