Bayramga munosib tuhfa

  Ayni kunlarda yurtimizda bo‘lgani kabi,  Toyloq tumanida ham Navro‘z bayrami shodiyonalari davom etmoqda. Bayram bayramga ulanib, bugun "22-mart- Mahalla tizimi xodimlari kuni" ham keng nishonlandi. Respublika Davlat filarmoniyasi hamda "Navbahor" ashula va raqs ansamblining tashrifi esa toyloqliklarga bayram tuhfasi bo‘ldi.
   Aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga   madaniy xizmatlar ko‘rsatish darajasini oshirish,  ijodiy jamoalarning respublika hududlari bo‘ylab gastrol  
safarlarini tizimli tashkil etish, madaniyat maskanlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan konsert dasturida O‘zbekiston Davlat filarmoniyasi hamda "Navbahor" ashula va raqs ansambli a’zolari bayramona dasturlari bilan tomoshabinlarga xushkayfiyat ulashishdi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди