Goliblar taqdirlandi

   Shopo'lotdagi Madaniyat markazida  Respublika fan olimpiadasida o'zbek tili fanidan faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritib,  viloyatimiz  sharafini munosib himoya qilgan 21-maktab o'quvchisi Muhammadaminova Shirinabonuni taqdirlash marosimi bo‘lib o'tdi.  
    Tadbirda tuman hokim o'rinbosari J.Haqberdiyev,  tuman MMTB boshlig'i O'.Usmonov, tuman ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi raisi Q.Sobirov, maktab direktorlari hamda tumandagi 475 nafar boshlang'ich sinf o'qituvchilari ishtirok etishdi. 21-maktab o'quvchisi Muhammadaminova Shirinabonu notebook va maktab o'qituvchisi Ergasheva Xafiza televizor bilan taqdirlandi.
 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди