TOYLOQLIK «MO‘TABAR AYOL» NISHONDORLARI

Tabriklaymiz! 

   8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mamlakatimizning tashabbuskor va fidoyi ayollari qatorida tumandoshlarimizning sevimli nashri bo‘lgan «Qo‘shchinor» gazetasi muharriri Moʻtabar YO‘LDOSHEVA  Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan ta’sis etilgan «Moʻtabar ayol» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligini mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan  Birlik mahallasi otinoyisi Ma’suda SALOMOVA ham «Moʻtabar ayol» ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

****

Toyloq tuman  hokimligi hamda «Qo‘shchinor» gazetasi tahririyati mehnat jamoalari Har ikkala mukofot sohibalarini muborakbod qilib, ularning kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди