Toyloqda yoshlar siyasati qanday amalga oshirilyapti

 

   Bugun Toyloq tuman hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda OAV vakillariga tumanda 2023 yilda yoshlar siyosatini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar haqida ma’lumotlar berildi. 
   -Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi – vertikal tizim yaratildi. Mahallalarda yoshlar yetakchilari institutining joriy etilganligi esa yoshlar murojaatlarini ular yashaydigan joyning o‘zida hal etish imkonini bermoqda.
    Xususan, 2023 yil boshidan buyon “Yoshlar daftari” tizimida 1938 nafar yoshlarga turli ko‘rinishdagi yordamlar ko‘rsatildi.
    Ushbu maqsadlar uchun “Yoshlar jamg‘armasi”dan 2 mlrd. 460.7 mln. so‘m mablag‘ sarflandi, -deydi J. Haqberdiyev. 
    Alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan 1529 nafar yoshlarga tumandagi 50 ta korxona, tashkilotlar tomonidan ko‘mak berildi.
   Shuningdek, 2309 nafar ishsiz yoshlar bandligi ta’minlandi.
   “Besh tashabbus” olimpiadasi loyihalarida 50 ta mahalla va 62 ta maktabdan qariyb 33 ming nafar yoshlar ishtirok etdi. Iste’dodli yigit-qizlarning sa’y-harakati o‘z samarasini berib, musobaqalarda ko‘plab yutuqlarga erishishdi.

Xususan:
  – Mini futbol bo‘yicha 16-30 yosh toifasida Tepaqishloq mahallasi jamoasi respublika bosqichid munosib ishtirok etdi. 
  – vorkout bo‘yicha 22-26 yosh toifasida Talliota mahallasidan ishtirok etgan Ibodullayev Sindor respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Uning yutug‘i sabab talliotalik yoshlarga zamonaviy universal sport maydonchasi qurib berildi.
    Shuningdek, yil davomida 2 ta vorkaut, 1 ta universal maydon, 3 ta kichik kutubxona tashkil etildi.
   Tumanimizda 14-30 yoshlilar 52 079 nafarni tashkil qiladi. Joriy yil boshidagi xatlov natijasiga ko‘ra, 11 ta yo‘nalish bo‘yicha alohida e’tiborga muhtoj 585 nafar yoshlar aniqlangan. Ularning muammolari joriy yil yakuniga qadar tumandagi 25 ta tashkilot hamkorligida ijobiy hal etiladi.
  Mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikda aniqlangan 471 nafar ishsiz yoshlarni “Yoshlar bandlik dasturi” bilan qamrab olib, bosqichma-bosqich ishga joylashtirish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun ko‘maklashish chorasi ko‘riladi.
   2493 nafar norasmiy band yoshlarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga o‘tkaziladi.
  Toyloq tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamkorligida dehqonchilik qilish istagi bor, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan 1178 nafar yoshlarni malakali fermerlarga biriktirgan holda tajribasini oshirib, “Mahalla yettiligi”ning tavsiyasiga asosan  dehqonchilik bilan shug‘illanishi uchun tuman zaxirasidan 600 gektar suvli, unumdor yerlar taqsimlab beriladi.

   Jami 2344 nafar maktab bitiruvchilarining 1239 nafari ta’limning keyingi bosqichi bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan. Mehnat bozoriga kirib kelishi kutilayotgan 1105 nafar yoshlar tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda turli yo‘nalishlar orqali ishga joylashtiriladi.
   2024-yilda xorijiy migratsiyadagi 1822 nafar toyloqlik yoshlardan uyiga qaytishi kutilayotgan 550 nafarinig faoliyat yo‘nalishi o‘rganilib, mos ish o‘rinlari va dehqonchilik uchun yer uchastkalari taklif qilish orqali bandligi ta’minlanadi.
    Shuningdek, migratsiyadagi yoshlar bilan tuman rahbariningonlayn muloqotlari tashkil qilinadi. 500 nafar migratsiyadagi yoshlarning ota-onasi bilan sektor rahbarlarining uchrashuvlari tashkillashtiriladi. 
    Yil davomida “Yoshlar daftari” elektron platformasiga996 nafar yoshlar kiritilib, 2 mlrd. so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
   Huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar va voyaga yetmaganlar bilan tizimli ishlash borasida tuman ichki ishlar bo‘limi hamkorligida “Harakatlar rejasi” ishlab chiqiladi. Ro‘yxatdagi 75 nafar yoshlar bilan muhokama yig‘ilishlari, profilaktik va psixologik suhbatlar o‘tkaziladi.
    2024 yilda tumanimizda sport, sana’t, kitobxonlik yo‘nalishi kabi tadbir va loyihalarga jami 69 944 nafar yoshlar qamrab olinishi kutilmoqda.
   “Besh tashabbus olimpiadasi” orqali 42 944 nafar, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar orqali10 000 nafar, boshqa loyiha va tadbirlar orqali qamrab olinadigan yoshlar soni 17 000 nafarni tashkil etadi. 

    “Ibrat farzandlari” platformasi orqali 9 626 nafar, “Ibrat Akademiy” mobil ilovasi orqali 14 263 nafar, “UzCheyess” loyihasiga 5320 nafar, volontyorlik va liderlik loyihalarga 850 nafar yoshlarni jalb qilish choralari ko‘riladi.
   Shuningdek, tumanda 7 ta maktab qayta rekanstruksiya qilinadi,  4 ta vorkaut maydonchasi barpo etiladi, 1 ta yoshlar ijod ko‘chasi, 1 ta “Kreativ park”, 3 ta kutubxona tashkil etiladi.
   Bundan tashqari, barcha mahallalarda aholi va yoshlarga xizmat qilishi mo‘ljallangan kichik kutubxonalar tarmog‘i yaratiladi, mavjudlarining kitob fondi boyitiladi.

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди