Nogironligi bo‘lgan shaxs belgilangan muddatda qayta ko‘rikdan o‘tmasa, pensiyasi to‘xtatiladimi?

  Nogironligi bo‘lgan shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra, qayta ko‘rikdan o‘tish uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga bormagan bo‘lsa, unga pensiya to‘lash to‘xtatib turiladi.

  To‘xtatilgan pensiya qachon qayta tiklanadi?

 Nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tib I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb tan olingan taqdirda  to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran, lekin ko‘pi bilan bir oy oldin pensiyani to‘lash qayta tiklanadi.

  Bu qanday tartibda amalga oshiriladi?

  Qayta ko‘rikdan o‘tish muddati uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilganda, agar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi uni ana shu davrda nogironligi bo‘lgan shaxs deb topsa, pensiya to‘lash to‘lov to‘xtatib turilgan kundan e’tiboran to qayta ko‘rikdan o‘tish kunigacha, lekin ko‘pi bilan uch yil uchun amalga oshiriladi.

  Qayta nogironlik belgilangan vaqtda shaxs boshqa guruhga o‘tkazilsa, to‘xtatilgan davrda pensiya to‘lash qanday amalga oshiriladi?

  Bunda, agar nogironligi bo‘lgan shaxs qayta ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.

 

F. Raimkulov,

Toyloq tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i

 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди