Davlat tili to‘g‘risidagi qonun ijrosi ta'minlanmoqda

   Til va madaniyat masalasi juda qadimdan o‘ta dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Chunki til orqali har bir millatning xulqi, odobi, ma'naviyati, madaniyati, qolaversa, millat sifatida nechog‘lik o‘rin egallaganligi ma'lum bo‘lgan. Shu bois ulug‘ ajdodimiz Yusuf Xos Hojib “Odobning boshi tildir” deb bejiz aytmagan.

  O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilganiga 30 yildan oshgan bo‘lsada, hali-hanuz maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari, do‘konlar, reklama nomlari ingliz yoki  rus tilida yozilmoqda. Kamiga o‘zbek tilidagisida ham ko‘plab xatoliklar ko‘zga tashlanadi. Afsuski, bunday holatlar odatiy holga aylangan. Ommaviy axborot vositalari orqali takror va takror bu mavzuga qo‘l urilayotgani esa besamar ketmoqda.

    Shu boisdan bugun joylarda bu masalaga jiddiy e'tibor qaratilib, hokimlarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi va ular aynan yuqoridagi muammoni bartaraf etish borasida faoliyat yuritmoqdalar.

Toyloq tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi F. Mirboboev ham tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib, tashqi reklama vositalarining imlo xatosiz hamda davlat tilida yozilishini ta'minlamoqda/
   Tadbir davomida “Davlat tili haqida”gi qonunning 20-moddasiga to‘g‘ri kelmaydigan va imlo xato bilan yozilgan peshlavha, e’lon hamda boshqa axborot matnlari olib tashlandi. 
   "Davlat tili haqida"gi qonunning mazmun- mohiyati to‘g‘risida tadbirkorlarga tushunchalar berildi. Targ'ibot tadbirlari davomida "Davlat tili haqida"gi qonun qoidalariga zid keladigan reklama peshlavhalarni chiqargan tadbirkorlarga ogohlantirish berildi. 
    Tuman hokimligida tashkil etilgan tuman ishchi guruhi tomonidan tashqi yozuvlar, peshlavhalar, e’lonlar va boshqa axborot matnlarining davlat tilida bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Tuman hokimligi axborot xizmati. 

2015-2018 © Тойлоқ туман хокимлиги. Сайт САКТРМ томонидан ишлаб чиқилди