Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi siyosiy (ma’rifiy) o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Video-konferens aloqa shaklida o‘tilgan o‘quv soatida Toyloq tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv soatida:
-Hafta davimida qabul qilingan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati;
-Prezident Sh. Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi;
-Respublikamiz hamda xorijda ro‘y bergan muhim voqealar;
-Ichki ishlar xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi to'g'risidagi Kodeksning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, haftaning juma kunlari tashkil etilayotgan siyosiy ma’rifat soatini Agentlikning YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCVm3AfukMqCaX_e1Bhn8HBQ)ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ham onlayn kuzatib borishingiz mumkin.