Toyloq tumanida FVB rahbarligida favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat hududiy quyi tizimi boshqaruv organlarining kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Erta tongdan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi idora-tashkilotlarning kuch va vositalari "Suxrobtransservic" MCHJ hududida jam bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan har bir tuzilmaning texnik vositalari shayligi ko‘zdan kechirilib, tegishli tavsiyalar berildi. Shundan so‘ng, tezkor tuzilmalar belgilangan manzil tomon yo‘lga chiqishdi.