"Temuriylar" jamoasi respublikada birinchi bo'ldi

"Yosh chegarachilar” klubi a’zolari ishtirokida "Yosh chegarachilar" harbiy vatanparvarlik musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi.

Safda yurish va safda qo‘shiq kuylash,  ma’naviy - ma’rifiy tayyorgarlik, ijtimoiy-huquqiy tayyorgarlik, shuningdek, yugurish, turnikda tortilish, granata uloqtirish, avtomat qurolini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish kabi shartlar asosida o'zaro kuch sinashdi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o'rinni Tayloq tumanidagi 50-maktabning "Temuriylar" jamoasi qo'lga kiritdi.
 

2015-2018 © TAYLOQ TUMAN HOKIMLIGI. Sayt SAKTRM tomonidan ishlab chiqildi