insurez
04-04-2024 14:00

Yoshlarning muammolari tinglandi


 Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari Jahongir Haqberdiyev Yangi hayot mahallasida yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.

Hokim o‘rinbosari dastlab, bugun yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qolaversa, ular bilan tizimli ishlash, muammolarini hal etish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ko‘maklashish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.  

   Shundan so‘ng, J. Haqberdiyev o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotga kirishdi. Ularning turli masalalarga oid muammolarini tinglab, hal etish choralarini izladi, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

 

Teglar
- -