insurez
16-03-2024 10:48


XALQARO ALOQALAR KENGAYMOQDA

    Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasining 2023-yil 11-16 dekabr kunlari Xitoyga tashrif davomida Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davosida 18 ta tarmoqlar bo‘yicha 63 ta loyiha umumiy qiymati 465,5 mln dollarlik 978 ta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kelishuvlar va muzokaralar olib borildi.  

   Ushbu loyihalarni 3 bosqichga bo‘lib, ishlar tashkil etilmoqda.

Jumladan:

100 foizlik qurilish ishlari boshlanib, xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilib, loyihani amalga oshirish jarayoni boshlangan 17 ta loyiha umumiy qiymati 111 mln dollarlik 308 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan loyihalar.

75 foizlik Yer maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlanayotgan va xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilayotgan 38 ta loyiha umumiy qiymati 320 mln dollarlik 578 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan loyihalar.

Hamda 50 foizlik Xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borish jarayoni boshlanayotgan 8 ta loyiha umumiy qiymati 34,5 mln dollarlik 92 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan loyihalar.

  Jumladan:

1. Joriy 2024 yil 17 iyun kuni “Bro Beans” MCHJ QK bilan hamkorlik qilish maqsadida Xitoy davlatining Syan pravensiyasidan JIN QIAN Toyloq tumaniga tashrif buyurib “Yashil makon tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yer maydonlari va qurilish ob’yektlarini ko‘zdan kechirishdi.

Bugungi kunda “SINO-NEW OASIS ECOLOGICAL ENVIRONMENT DESIGN ENGINEERING” MCHJ ko‘shma korxona tashkil etilib davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

- Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun  Vorsin mahallasi hududidan “Bro Beans” MCHJ QK tegishli bo‘lgan 10,5 gektar tanlandi.

2. Bundan tashqari joriy 2024 yil 18 iyun kuni ushbu “Bro Beans” MCHJ QK bilan hamkorlik qilish maqsadida Xitoy davlatining “WISDOM AND VISUAL DESIGN” korxonasi rahbari Mister VIVI ham Toyloq tumaniga tashrif byurdi. Tashrif davomida Mister VIVI qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash loyihasini amalga oshirish istagi borligini bildirdi.

Joriy yilning iyul oyi o‘rtalariga qaytib kelishi va qo‘shma korxona ochishini, loyiha qurilish ishlari uchun investisiya mablag‘lari kiritishini bildirdi.

3. Joriy 2024 yil 30-31-yanvar kundari “Akmal Toshpo‘latovich” f/x bilan hamkorlik qilish maqsadida Xitoy davlatining “JIMEI” korxonasi rahbari Mister Shon (Xiang Jingsong) Toyloq tumaniga tashrif buyurib “Sutni qayta ishlash” (pasterizatorlash va qadoqlash uskunalari) loyihasini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yer maydonlari va qurilish ob’yektlarini ko‘zdan kechirishdi. Mister Shon qo‘shimcha loyihalar yani sabzini qayta ishlash orqari “Gazli sabzi soki ishlab chiqarish” hamda “Sabzavot mahsulotlarini muzlatish, qadoqlash va eksport qilish” loyihalarini Toyloq tumanida amalga oshirish istagi borligini ham bildirdi.

- Bundan tashqari joriy yilning 24-27 iyun kunlari Xitoy davlatining Shanhay pravensiyasining “Shanghai Triowin Intelligent Machinery Co. Ltd” korxonasi rahbari WANG JIANMIN sut mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha   Toyloq tumaniga tashrif byurishdi.

- Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun  Qo‘shchinor MFY, Zarafshon qishlog‘i hududidan noqishloq yer maydonidan 2,5 gektar tanlanib, 2 ta lotga ajratilib, Ye-auksion savdolariga chiqarildi.

4. Tashabbuskor “METIN GONG” MCHJ bilan hamkorlikda Xitoy davlatining  Zhejiang,  “Sixi Zujianle Shoes Co”. LTD korxonasi rahbari Yang Biqing har xil turdagi bolalar va kattalar yumshoq oyoq kiyimi ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ushbu korxona vakillar joriy yilning aprel oyida Toyloq tumaniga tashrif byurishgan edi.

 - Ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha Xorijiy hamkor YANG BIQING bilan VICHAT orqali muloqot qilib turibmiz. Loyihani amalga oshirish uchun horijiy va mahalliy hamkorlar bilan kelishilib “Xo‘jaqishloq” EIZ massividan 1,0 gektar yer maydoni Ye-auksion orqali yutib oldi.

- Bundan tashqari joriy yilning 25-iyun kuni ushbu “Sixi Zujianle Shoes Co”. LTD korxonasining 2 ta vakili Toyloq tumaniga tashrif byurishdi. Suxbat davomida  YANG BIQING  joriy yilning iyul oyi boshida Toyloq tumaniga tashrif buyurishini rejalashtirganligini bildirdi.

Teglar
Insurance Policy