insurez
04-07-2024 18:00

Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi


Joriy yilning 12-yanvar kuni davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida yoshlarni jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishdan saqlash, ular bilan manzilli va tizimli ishlash, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy muammolarini hal etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, muntazam ravishda tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha vazifalar belgilanib, yigit-qizlar huquq- tartibot va mudofaa bo‘limlarining mas’ul xodimlariga biriktirilgan edi.

 
      Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Toyloq tuman prokurorining yordamchisi B.Buriyev Navbahor mahallasidagi 492 nafar otaliqqa olingan yoshlar, jumladan maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashib, ularning muammo va takliflarini o‘rganib chiqdi.

Teglar
- -