insurez
03-07-2024 18:00

Yoshlar bandligi ta'minlanmoqda


    Toyloq tumanida qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratilmoqda. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-apreldagi  “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toyloq tumanidagi Sariosiyo mahallasida Ye-auksion platformasi orqali yer yutib olgan 88 nafar yoshlarga 25 sotixdan yer ajratib berildi.

Teglar
- -