insurez
14-08-2024 15:23

Yangi hayot mahallasida yangilanishlar  ko‘p


    So‘ngi yillarida tumanimiz ko‘rki tubdan o‘zgarib, obod va go‘zal maskanga aylanmoqda. Bunda  joylardagi muammolarni bartaraf etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga,  joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga jamoatchilikni keng jalb etishga qaratilgan yangicha yondashuv -  ”Tashabbusli byudjet” loyihasining hissasi katta bo‘lmoqda. 
   Xususan, joriy yilning  “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida   Toyloq tumanidagi Yangi hayot mahallasi fuqarolari faol ishtirok etib, Navqoz qishlog‘ining ichki yo‘llarini ta’mirlash loyihasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ayni kunlarda mazkur hududda 3 km yo‘l asfalt qilinmoqda. 
   Qolaversa, mazkur mahallada "Tashabbusli byudjet"ning 2023-yil 2-mavsumida aholini  ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi g‘olib deb topilib,  1 ta suv minorasi qurilib, 4,5 km tarmoq tortilgan edi. Natijada 109 ta xonadon ichimlik suvi bilan ta'minlandi.

Teglar
- -