Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlik kengaymoqda
Bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari navbatdagi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekistonning Xitoy bilan aloqalari keng qirraliligi, turli sohalarni qamrab olayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
Bugun bir guruh xitoylik ishbilarmonlar Toyloq tumanida bo‘lib, ishlab chiqarish va savdo faoliyati bilan tanishishdi.
Tuman hokimi Bahodir Bobonazarov investorlar bilan uchrashib, Xitoy hamda Toyloq tumani tadbirkorlari bilan hamkorlikda ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borishdi.