insurez
27-08-2024 15:30

Tuman prokurori aholi murojaatlarini tingladi


   Toyloq tumanidagi Xonchorbog’ mahallasida tuman prokurori A. Abdullayevning sayyor qabuli o‘tkazildi. 
  Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi. Tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari ishtirokida har bir masala qonuniy ko‘rib chiqilib, ijrosini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar belgilandi. Sud-huquq masalasiga oid murojaatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar berildi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi va belgilangan muddatda ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -